Dog‘istonda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi (video)
Olam
−
03 may 6656 1 daqiqa
Dog‘istonda Xasavyurt shahridagi huquq-tartibot idoralari ma’muriy binosining yaqinida portlash tayyorlagan xalqaro terrorchi tashkilot tarafdori qo‘lga olindi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabar berdi.
Qo‘lga olingan 1996 yilda tug‘ilgan Rossiya fuqarosidan qo‘lbola portlovchi moslama yasash uchun qismlar musodara qilingan.
U xalqaro terrorchi tashkilot jangarisi bilan Telegram’da yozishma olib borgan. Razvedka agentligining xabar berishicha, yozishmalarda rejalashtirilgan portlash va uning terrorchi guruhga qasamyod qilgani muhokama qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiyaning Istanbul shahrida politsiya portlovchi moddalar yordamida terakt tayyorlayotgan ISHID terrorchilik tashkilotining ikki tarafdorini qo‘lga olgan edi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari gumonlanuvchilardan biri internetdan portlovchi moddalar va bomba yig‘ish yo‘llari haqidagi ma’lumotlarni qidira boshlaganidan so‘ng uni kuzatishni boshlagan. Shundan so‘ng politsiya ikki nafar gumonlanuvchini qo‘lga olgan.