Dog‘istonda 200 ga yaqin odam suv yo‘qligi sabab yo‘lni to‘sib qo‘ydi
Olam
−
14 avgust 2023
3613Kecha, 13 avgust kuni Dog‘istonning Kumtorkalinskiy viloyatida 200 ga yaqin aholi xonadonlarida suv yo‘qligi sababli yo‘lni to‘sib qo‘ydi. Bu haqda respublika Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
“Yo‘lni to‘sish uchun jami 200 kishi to‘plandi. Fuqarolar bilan muloqot chog‘ida nizo bartaraf etildi. Hozirda fuqarolar tarqalib ketdi, vaziyat nazorat ostida”, deyiladi xabarda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar uylarida uzoq vaqt suv yo‘qligi uchun yig‘ilgan.
Qayd etilishicha, namoyishchilar va haydovchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqan. Namoyishchilarning harakatlari tufayli tirbandlik ikki kilometrgacha cho‘zilgan.
Jamoat tartibini ta’minlash uchun voqea joyiga 50 dan ortiq politsiya xodimlari jo‘natilgan. Voqeadan bir yarim soat o‘tib, hududda transport harakati tiklangan.
LiveBarchasi