Dog‘iston muftiysining rafiqasi Putindan millatdoshlarini urushga chaqirmaslikni so‘radi

Olam

image

Dog‘iston muftiysining rafiqasi va maslahatchisi Ayna Gamzatova Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ochiq xat yo‘lladi. Prezidentning “donoligi va bebaho tajribasi”ga murojaat qilib, u Dog‘iston aholisiga safarbarlik va boshqa chaqiriqdan olti oylik muhlat berishni so‘radi.

“Men va mening xalqim, [Dog‘istonning] 3 million aholisidan uch mingdan ortig‘i allaqachon frontda ekanini, ular orasida qahramonlar ham borligini hisobga olib, safarbarlik va boshqa murojaatlardan muhlat berishingizni taklif qilmoqchimiz”, deydi Ayna Gamzatova.

Uning fikricha, olti oy ichida mintaqa “dog‘istonlik yigitlarni professional darajada tayyorlash” imkoniyatiga ega bo‘ladi. Hozir, uning so‘zlariga ko‘ra, “Dog‘istondan urushga mutlaqo tayyor bo‘lmagan, jangovar texnikani bilmaydigan, umuman qurolning hech qanday turini bilmaydigan yoshlar yuboriladi”.

Dog‘iston muftiysining rafiqasi Putin “dono, to‘g‘ri va irodali qaror” qabul qilishiga umid bildirgan va Prezidentning har qanday qarori “biz uchun qonun va yuzaga kelgan vaziyatda adolatli natija olishning kafolati” ekanini ta’kidladi.

Gamzatova, shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov “ko‘p yillar davomida o‘z respublikasida malakali va sodiq jangchilarni tayyorlagani”ni ham eslatib o‘tgan.

Kremldagilar RIA Novostiga Ayna Gamzatova murojaatini hali ko‘rishmaganini ma’lum qilishgan.

Avvalroq Qodirov Chechenistonda safarbarlik amalga oshirilmasligini, chunki respublika “rejani 254 foizga oshirib bajarganini” aytgandi.

E’lon qilingan raqamlarga ko‘ra – 300 ming va Rossiya Federatsiyasi sub’ektlari soni bo‘yicha Dog‘iston, Checheniston kabi, safarbarlik rejasini bajargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ro‘yxatga olish ixtisosligi bo‘yicha safarbar qilinadi.

Safarbarlik haqidagi farmon qabul qilingach, Rossiya bo‘ylab norozilik namoyishlari boshlandi. Xususan, Dog‘istonda ham namoyishlar o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin safarbarlik

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing