DXXning sobiq binosini vazirning o‘g‘li sotib olgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
17 iyun 2021
26749Avvalroq, Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent shahri markazida joylashgan sobiq bosh binosi sotilgani haqida xabar bergan edik. Binoni “METROPOL GROUP” MCHJ sotib olgan.
Ochiq ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur kompaniyaning ta’sischisi va yagona aksiyadori Komilov Doniyor Abdulazizovich hisoblanadi. “Metropol Group” MCHJ 2021 yil 23 fevralda ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniya tijorat va boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish bilan shug‘ullanadi.
Shu o‘rinda, Doniyor Komilov – O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning farzandi.
Doniyor Komilov O‘zbekistondagi “Metropol Group” MCHJdan tashqari, Rossiyadagi “Selena” va “KTS” MCHJlarning ham ta’sischisi hisoblanadi.
LiveBarchasi