DXXning sobiq mulozimlari sudi ham yopiq o‘tishi belgilandi
3-sahifa
−
15:47 4718 2 daqiqa
Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari Ganchar Uzoqov va Alijon Ashurovga oid jinoyat ishi mahkamasi yopiq tarzda ko‘riladi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Telegram-kanalida bayonot berdi.
Bugun, 29 iyul kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani sudida DXX sobiq mulozimlari – podpolkovnik Ganchar Uzoqov va podpolkovnik Alijon Ashurovga Jinoyat kodeksining 210-moddasi (Pora olish) 3-qismi “a” va “b” bandlari, 243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 301-moddasi (Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) 1-qismi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sud majlisida ko‘rib chiqish boshlanashi belgilangan edi.
Toshkent shahar sudlari bergan bayonotda keltirilishicha, jinoyat ishlarida shaxsiy hayot bilan bog‘liq hamda qonun bilan muhofaza etiladigan boshqa ma’lumotlar mavjudligidan kelib chiqib, sud ajrimlariga asosan, jarayon yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi belgilangan.
Ushbu jinoyat ishi doirasida Uzoqov va Ashurovdan tashqari ayni moddalar bilan Timur Shariksiyev va Suxrob Sayfutdinov ham ayblanmoqda. Ish Koreyaga yuborilayotgan migrantlardan noqonuniy pul undirish bilan bog‘liq.
Joriy yilning may oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Migratsiya agentligi, xususiy bandlik agentliklarining sobiq mansabdorlari va boshqalardan iborat uyushgan jinoiy guruh Koreya davlatiga mehnat muhojiri sifatida ishga yuborish bilan bog‘liq korrupsion “sxema” yaratib, fuqarolardan rasmiy to‘lovlardan tashqari, firibgarlik yo‘li bilan 7-12 ming AQSH dollaridan, qariyb 90 mln AQSH dollari yig‘gani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i Bekmurod Abdullayev, Jazoni ijro etish departamentining sobiq boshlig‘i Rustam Tursunov va yana 28 kishiga oid jinoyat ishi ham Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida yopiq tarzda o‘tayotgani haqida xabar bergan edi.
Live
Barchasi