DXX va Milliy gvardiya faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritildi

Jamiyat

image

Joriy yilning 10 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 363-son qaror qabul qilindi.

Qaror bilan quyidagi Hukumat qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:

1. 27.09.1996 yildagi 336-son VMQning 1-bandi 1-xatboshisiga Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalariga shartnoma asosida quyidagilarni statsionar davolash vazifasi yuklanishi bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritildi:

•    harbiy xizmatchilar, katta ofitserlarning oila a’zolari (eri, xotini, 18 yoshga to‘lmasidan oldin nogiron bo‘lib qolgan 18 yoshdan oshgan farzandlari, ta’lim muassasalarida ta’limning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan 23 yoshgacha bo‘lgan farzandlarini);
•    IIV, FVV, Milliy gvardiya va DXX o‘quv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini.

2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi nizomning (4.06.2003 yildagi 119-son VMQ bilan tasdiqlangan) 1-bandi 2-xatboshisida DXX va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini ro‘yxatga olish tegishlicha DXX raisi va Milliy gvardiya qo‘mondoni tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq amalga oshirilishi belgilandi.

Shuningdek ushbu Nizomning 2-bandi 7-xatboshisida DXX va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini ro‘yxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi masalalari bo‘yicha yo‘riqnomalar va boshqa NHHlar, shuningdek ro‘yxatga olish va hisobot berishning tegishli blanklari DXX va Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

3. 2.04.2010 yildagi 62-son VMQga 1-ilovada Milliy gvardiya ajratmalari miqdorlarini shakllantirish manbalariga ajratmalarning 25 foizi miqdoridagi pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi ham kiritildi.

4. Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomga (17.04.2019 yildagi 320-son VMQ bilan tasdiqlangan) 1-“Davlat soliq xizmati organlari maxsus unvonlarining boshqa davlat organlarlarining unvon va martaba darajalariga nisbatan taqqoslanmasi” ilovasi Milliy gvardiya organlarining maxsus unvonlari bilan to‘ldirildi.

Shuningdek boshqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham kiritilgan.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Milliy gvardiya

Baholaganlar

696

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing