DXX O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalangan 2 ta terroristik aktning oldini oldi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan 4 ta terrorchilik aktining oldi olingan. Bu haqda DXX xodimlari kuni munosabati bilan tayyorlangan videohisobotda aytilgan.

Qayd etilishicha, qo‘poruvchilik harakatlaridan 2 tasi O‘zbekiston hududida, yana 2 tasi Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlarida bo‘lishi rejalangan. 

DXX xodimlari sa’y-harakati bilan 2020 yilda 67 ta ekstremistik va terroristik tashkilotlarning 67 yashirin guruhlari faoliyatiga chek qo‘yilgan. Ekstremizm va terrorizmda ayblanib, xorijda yashirinib yurgan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga olib kelingan va javobgarlikka tortilgan. 

Shuningdek, 747 kilogramdan ortiq giyohvand moddalar, 251 ming dona psixotrop tabletkalar, 594 dona qurol, 4 781 dona o‘q-dori va 24,4 kg portlovchi moddalar noqonuniy muomaladan olingan. 

DXX xodimlari tomonidan 540 dan ortiq korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi. Byudjet va kredit mablag‘larining talon-toroj qilinishi hamda maqsadsiz sarflanishi bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, 557 mlrd so‘m davlat foydasiga undirildi. Noqonuniy migratsiya va odam savdosiga aloqador 102 ta jinoiy guruh fosh etildi. Davlat sarhadlaridan noqonuniy olib o‘tilgan 58 mlrd 367 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar qo‘lga olindi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga ko‘ra amalga oshirilgan “-Mehr-3” gumanitar operatsiyasi doirasida Suriya davlatida og‘ir sharoitda qolgan 98 nafar ayollar va bolalar O‘zbekistonga olib kelindi. 


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

583

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing