DXX Toshkentga kelayotgan psixofaol dorilarning katta partiyasini to‘xtatdi

Jamiyat

image

Namanganda Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi psixofaol dori vositalari kontrabandasi to‘xtatib qolindi.

Namangan viloyati Kosonsoy tumani, "Chindovul" mahallasida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Akbarxon Isayev boshqaruvidagi Cobalt avtomashinasi “Namangan” yo‘l patrul xizmati o‘tkazish maskanida to‘xtatildi.

Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 16 814 dona REGAPEN nomli psixofaol dori vositasi borligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan mazkur psixofaol dori vositalari Kosonsoy tumani "Chindovul" mahallasida yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan Abduraufxon Sottixonovga tegishli bo‘lib, Akbarxon Isayev uni Toshkent shahriga yetkazishi kerak bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda DXX Bosh prokuratura

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing