DXX pora olayotgan yurist va sobiq harbiyni ushladi

3-sahifa

image

Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida o‘zgalarning “og‘irini yengil qilib berish” evaziga pora olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan mas’uliyati cheklangan jamiyat yuristi logistika xizmatlari ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbaridan 14 ming AQSH dollari va 12 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan. 

Aniqlanishicha, u viloyat prokuraturasi tomonidan mazkur mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida MCHJning bekor qilingan guvohnomasini tiklash va soliq idoralari tomonidan 1 mlrd 950 mln so‘m qo‘shilgan qiymat solig‘ini olishga qo‘yilgan taqiq masalasini ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.

Bundan tashqari, Farg‘ona shahrida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan sobiq harbiy xizmatchi o‘zining mansabdor tanishlari yordamida mahalliy fuqaroni ichki ishlar organlari tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan  vaqtida qo‘lga tushgan. 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Maqola muallifi

Teglar

pora Sirdaryo Farg'ona

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing