DXX ishga taklif etmoqda

Jamiyat 58101
image

Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilarni tanlov asosida ishga taklif etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 28 iyundagi “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tashkil etilmoqda.

Mazkur litseyga bilimi yuqori darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda.

“Temurbeklar maktabi”ning o‘qituvchilari va boshqa xodimlariga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi. “Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:

o‘qituvchilar uchun – 5 barobar;

psixolog uchun – 3 barobar;

axborotlashtirish va aloqa bo‘linmalari xodimlari – 2 barobar oshirilgan miqdorda to‘lanadi.

“Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi o‘qituvchilar ishga taklif etiladi:

-ona tili va adabiyoti;

-rus tili va adabiyoti;

-tarix;

-ingliz tili;

-fizika;

-astronomiya;

-algebra;

-geometriya;    -kimyo;

-biologiya;

-geografiya;

-ma’naviyat asoslari;

-davlat va xuquq asoslari;

-jismoniy tarbiya;

-informatika va axborot texnologiyalari;

-chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik.

“Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.

“Temurbeklar maktabi”ning manzili: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo‘jalik kasb-hunar kolleji o‘rnida).

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi o‘qituvchilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga (Toshkent shahar Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefoniga murojaat qilishlari mumkin”, deyiladi ma’lumotda.

Sarvar Anvar o‘g‘li

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 1606
Reyting: 3
Teglar
DXX
t
×