DXX Andijon va Qoraqalpog‘istonda yer sotmoqchi bo‘lganlarni ushladi

Jamiyat

image

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida 1980 yilda tug‘ilgan shaxs o‘zganing ishonchiga kirib, 8 sotix noturar yer maydonini uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 28 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi. 

Bundan tashqari, viloyatning Oltinko‘l tumanidagi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbari boshqa bir fermer xo‘jalik balansida bo‘lgan 50 sotix yer maydonini go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uni xaridorga 117 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmatining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda ham tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Respublikaning Qo‘ng‘irot tumanida yashovchi, 1959 yilda tug‘ilgan shaxs davlat zaxirasida bo‘lgan 25 gektar yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 85 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan. 

Ma’lum qilinishicha, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing