DXX Andijon va Buxoroda xorijiy valyuta bilan bog‘liq jinoyatlarga chek qo‘ydi

Jamiyat

image

DXX Andijonda 180 ming AQSH dollarini chegara to‘sig‘i ustidan uloqtirish orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan fuqaroni va Buxoroda qalbaki valyutalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan chayqovchilarni qo‘lga oldi. 

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan Xo‘jaobod tumani Yangi Farg‘ona MFYdagi chegaraoldi hududda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi xorijiy valyutaning noqonuniy ravishda mamlakatdan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yilgan.

Mahalliy fuqaro X.N. 180 ming AQSH dollarini chegara to‘sig‘i ustidan uloqtirish orqali qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga o‘tkazmoqchi bo‘lgan. Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida aniqlanishicha, X.N. 200 ming so‘m evaziga ushbu chet el valyutasini davlat chegarasidan o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan.

Hozirda X.N.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, xorijiy valyutaning haqiqiy egasini aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Shuningdek, DXX Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri natijasida, Buxoro shahrida katta miqdordagi qalbaki xorij valyutasining muomalaga kiritilishiga chek qo‘yilgan.

Xususan, mamlakatga yashirincha olib kelingan soxta chet el valyutasini Toshkent shahrida yashovchi T.X. va T.M. sotish maqsadida Buxoro shahriga olib borishadi. Ular kalbaki 88 450 AQSH dollarini 34 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, ularning yonida yana 10 ming 50 soxta AQSH dollari borligi ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir davomida jami 98 500 qalbaki AQSH dollari musodara qilindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX valyuta

Baholaganlar

95

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing