DXX Afg‘oniston va Tojikistondan olib o‘tilgan ko‘p miqdordagi giyohvand moddani aniqladi

3-sahifa

image

Surxondaryoda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan giyohvand moddalar aylanmasiga qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi narkotiklar musodara qilindi. Bu haqda DXX Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida 1982 y.t. mahalliy fuqaro 28 kg 895 gr. “opiy” hamda 2 kg “gashish” moddalarini, shuningdek, boshqa bir holatda esa muqaddam giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganliklari uchun sudlangan, 1962 va 1970 yillarda tug‘ilgan aka-uka 9 kg 161 gr. “opiy” va 446 gr. “geroin” moddalarini kelgusida sotish maqsadida qabul qilib olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ta’kidlanishicha, har ikki holatda ham giyohvand moddalar afg‘onistonlik narkokur’erlar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan.

Sariosiyoda kuzatilgan holatda tojikistonlik narkokur’erlar tomonidan tumanning tog‘li hududiga o‘tkazilib, xufiya joyga berkitib ketilgan 28 kg 506 gr “opiy” moddasini qabul qilib olgan, 1990 y.t. mahalliy fuqaro ushlangan.

DXX xodimlarining Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi bilan hamkorlikda Termiz shahrida o‘tkazgan tezkor tadbirida esa 1969, 1970 va 1990 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro 481 gr. “opiy” moddasini 9400 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida qo‘lga olingan.

DXX, IIV hamda Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy boshqarmalari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Termiz tumani “Manguzar” YPX maskanidan o‘tib, viloyat markazi tomon harakatlanayotgan Spark rusumli avtomashina to‘xtatilgan.

Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, Dushanbe shahrida istiqomat qiluvchi, 1987 y.t. Tojikiston Respublikasi fuqarosi va Denov tumanida yashovchi, 1985 y.t. mahalliy fuqaroga tegishli yuk sumkalarida Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 45 kg 913 gr. “gashish” borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida jami 67 kg 43 gr. “opiy”, 47 kg 913 gr. “gashish” hamda 446 gr. “geroin” giyohvand moddalari musodara qilingan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

DXX

Baholaganlar

178

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing