DXAning 57 nafar xodimi koronavirusga chalingan
Jamiyat
−
28 iyul 2020
9267Davlat xizmatlari agentligining 57 nafar xodimi koronavirusga chalingan. Bu haqda agentlik rasmiy saytida ma’lum qildi.
Bildirilishicha, COVID-19 ga chalingan 57 nafar xodimdan 1 nafari vafot etgan va 2 nafari sog‘aygan bo‘lib, qolganlar hozirda davolanmoqda.
“Agentlik oldida turgan dolzarb masalalardan — bu DXM va FHDYO bo‘limlariga tashrif buyurgan Sizlarni hamda xizmatda bo‘lgan xodimlarimizni mazkur virusdan himoya qilish.
Tushunib turibmiz, yashash tarzimiz o‘zgargani bilan davlat xizmatlarini olish ehtiyoji hech qayerga daf bo‘lgani yo‘q”, deyiladi agentlik xabarida.
Shu bois, agentlik fuqarolarni elektron xizmatlardan foydalanishga chaqirgan.
Avvalroq, Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasi bosh yuriskonsulti Adhamjon Dehqonov koronavirusdan vafot etgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi