DXA ogohlantirish bilan chiqdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab davlat idoralari tomonidan bir qator ma’lumotnomalar so‘ralishi bekor qilinadi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan:

•   jismoniy shaxslardan jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari;

•   soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnomalar;

•   soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;

•   to‘langan daromadlar va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni talab qilish taqiqlangan.

Yuqoridagilarga asosan 2019 yil 1 avgustdan boshlab davlat xizmatlarini ko‘rsatishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan jismoniy shaxslardan ushbu ma’lumotlarni talab qilish O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 215(5)-moddasiga muvofiq davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish deb e’tirof etilib, mansabdor shaxslarni va xizmatchilarni ma’muriy javobgarlikka tortishga asos hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

DXA 1 avgust

Baholaganlar

34

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing