O‘zbekistonliklar hayotida 1 avgustdan nimalar o‘zgaradi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 avgustidan boshlab O‘zbekistonda bir qancha qarorlarda belgilangan tartiblar kuchga kiradi. QALAMPIR.UZ milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlar ro‘yxatini taqdim etadi.

Ota-onalar farzandlarining ta’limi uchun yo‘naltirgan mablag‘lari bo‘yicha daromad solig‘idan ozod etiladi

Farzandlarning respublika ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishlari uchun yo‘naltiriladigan to‘lovlari soliqqa tortilmaydigan daromadlar toifasiga kiritiladi.

Alkogol ishlab chiqaruvchilarga qo‘shimcha talab

Endilikda ishlab chiqaruvchilar alkogol mahsulotlarining tovar belgilari Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishi shart.

Davlat organlari rahbarlari IT'ga o‘qitiladi

Davlat organlarining birinchi rahbarlari Davlat boshqaruvi akademiyasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va loyihalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda o‘qitiladi.

Yoshlar uchun ajratilgan mikroqarz va subsidiyalarni bank kartasiga o‘tkazish mumkin bo‘ladi

Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobidan mikroqarz shaklida hamda “Yoshlar daftari”, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Jamg‘armalari hisobidan beriladigan subsidiya mablag‘larini alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Davlat organlarining IT sohasida ishlovchi malakali xodimlariga ustamalar to‘lanadi

AKT sohasidagi xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish uchun mas’ul xodimlariga o‘rnatilgan ustamalarga qo‘shimcha ravishda lavozim maoshiga nisbatan 20 foiz miqdorda ustama to‘lanadi.

Tibbiyot muassasalarida – yangi shtat birliklari

Quyidagi lavozimlar joriy etilmoqda:

• tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazining tuman (shahar) bo‘linmalari shtatlarini qisqartirish hisobidan – tibbiy psixolog;
• statsionar o‘ringa ega bo‘lmagan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va tarkibida dispanser mavjud bo‘lgan ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – suitsidolog;
• statsionar o‘ringa ega bo‘lgan ruhiy-asab kasalliklari dispanserlari va ruhiy kasalliklar shifoxonalarida – amaldagi shtatlar doirasida qabul bo‘limi shifokori, navbatchi psixiatr, tibbiy psixolog yoki psixoterapevt shtatlari.

Tadbirkorlar hisob raqamidan mablag‘larni noqonuniy ravishda yechganlik uchun – jinoiy javobgarlik

11 avgustdan tadbirkorlarning bank hisobvaraqlaridan pul mablag‘larini ularning roziligisiz qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki olib qo‘yganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Uchta qonun kuchga kirmoqda

• “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida”gi Qonun – 26 avgustdan;
• “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonun;
• “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida”gi Qonun – 29 avgustdan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston qonunchilik 1 avgust

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing