Diyora Usmonova buvisi vafot etganini e’lon qildi
Jamiyat
−
26 iyul 2021
30454O‘zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonovaning buvisi 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning o‘zi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Usmonova ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida buvisi bilan tushgan eng oxirgi suratini joylab, u vafotidan oldin shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qilgan.
“Men u bilan shifoxonada bo‘ldim va mening katta qismim sokingina hayotdan ketayotganini kuzatdim.
U ma’noli, baxtli va chiroyli hayot kechirdi. Undan o‘rnak olindi, hayratga tushildi, u bunga loyiq edi. U karerasini 16 yoshida, onasi vafot etganida boshlagan. Singillarini ta’minlash uchun maktabda laborant bo‘lib ishlashga majbur bo‘lgan.
Mehnatsevarligi va o‘zini ishga bag‘ishlagani sababli u o‘z shahridagi SSSR Xalq ta’limi bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. Men tug‘ilganimda u pensiyaga chiqib, o‘zini mening tarbiyamga bag‘ishlagan. Mening butun dunyoqarashim u menga uyqu oldidan soatlab aytib bergan cheksiz ertaklar va axloq haqidagi hikoyalar asosida shakllangan. Uning fikrlari tubsiz donolik edi va shuning uchun uni bilganlar buyuk ayol degan”, deya xotiralari bilan bo‘lishgan Diyora Usmonova.
Usmonova so‘zi so‘ngida buvisining ismi Xanifa bo‘lganini va u ham o‘zining qizi yoki nabirasiga shu ismni berishini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan edi. Ularning Ikromjon ismli o‘g‘li bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushidan Maryam ismli qizi bor. Juftlik 2020 yilgacha Turkiyada yashab kelgan va o‘tgan yil kuzda O‘zbekistonga qaytgandi.
LiveBarchasi