Diyora Usmonova koronavirusga chalindimi? U virusga qarshi samarali dori tavsiya qildi
Jamiyat
−
24 iyul 2020
39922O‘zbekistonlik taniqli xonim, ayni vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonovaning tanishlarida ham koronavirus aniqlangan. Bu haqda u Instagram`dagi sahifasida ma’lum qildi.
Usmonova koronavirusni davolashda infeksiyaning vatani Xitoyda ishlab chiqarilgan va ehtimol, xalq tabobati asosida tayyorlangan dori haqida ma’lumot bergan. U bu dorini qabul qilgan barcha tanishlari sog‘ayganini aytadi.
“Bu preparatni pandemiya boshida sotib olgandik. Nomi Linhua Singven. O‘ylashimcha, Xitoy xalq tabobati preparati. Negaki uning tarkibi tabiiy mahsulotlardan iborat. Kimda virus aniqlanganda bergan bo‘lsak, ularning bari qiyinchiliksiz va alomatlarsiz sog‘aydi. Keyin ularda test manfiy chiqdi.
Bu kasallikning og‘ir shaklida yordam beradi deb o‘ylamayman. Infeksiya dastlab aniqlangan davrda, bu eng foydali narsa. Agar o‘zimning barcha kasallangan tanishlarim buni ichishmaganda, uni tavsiya qilishga jur’at etmagan bo‘lardim. Vaziyat jiddiy, shuning uchun sizlarga tavsiya qilyapman”, deydi Usmonova.
Uning so‘zlariga qaraganda, kasallik faqatgina tanishlarida aniqlangan. Usmonovaning o‘zi va oilasi COVID-19 kasalligiga chalinmagan.
Ma’lumot uchun, Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan edi. Ularning Ikromjon ismli o‘g‘li bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushidan Maryam ismli qizi bor.
LiveBarchasi