Diyora Usmonova Mehribonlik uyidan qiz asrab oldi
Jamiyat
−
17 dekabr 2021
57338O‘zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonova 33 yoshga to‘lgani munosabati bilan bola asrab oldi. Bu haqda u o‘zining Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“Bugun mening tug‘ilgan kunim va bugun men sizlar bilan bu yil 33 yoshimda sodir bo‘lgan bir katta mo‘jizani baham ko‘rmoqchi edim. Aytishlaricha, bu alohida yosh.
Va bu alohida 33 yoshda, mening farzandlarim uch nafarga yetdi. Bizda ajoyib qiz bor. Uning ismi Oysha, besh yoshda va mening qizim”, deydi Usmonova.
U so‘zida davom etib, bola asrab olish ko‘pchilik qo‘rqqanidek, qiyin emasligini aytib o‘tgan.
“U bilan hayot juda quvnoq, ilhomlantiruvchi, u quyosh kabi atrofidagilarni isitadi va bu his, kimnidir baxtli qilishingiz mumkinligi, ajoyib tuyg‘u. Bu hayotni o‘zgacha ma’noga to‘ldiradi. Bilaman, sizlarning ko‘plaringiz bolani chaqaloqlar uyidan emas, ular uchun allaqachon katta navbat bor, balki bolalar uyidan, hamma tashlab ketgan yetimlar orasidan, olish haqida bir necha bor o‘ylagansiz. Agar siz bu haqda o‘ylab ko‘rgan bo‘lsangiz, bu qadamni qo‘yishdan qo‘rqmang. Qo‘rqadigan yagona narsa - bu qilmaslik, hayotda qilish mumkin bo‘lgan yaxshilikni qilishga vaqt topa olmaslikdir”, deydi Diyora Usmonova.
So‘zi yakunida Usmonova turmush o‘rtog‘i, ota-onasi va suyukli singlisi bo‘lmaganida, balki u ham bunga jur’at qila olmasligini qo‘shimcha qilgan.
Ma’lumot uchun, Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan edi. Ularning Ikromjon ismli o‘g‘li bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushidan Maryam ismli qizi bor. Juftlik 2020 yilgacha Turkiyada yashab kelgan va o‘tgan yil kuzda O‘zbekistonga qaytgandi.
LiveBarchasi