Diyora Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan O‘zbekistonga qaytdi
Jamiyat
−
05 Oktabr 2020 98337 1 daqiqa
O‘zbekistonlik taniqli xonim Diyora Usmonova oilasi – turmush o‘rtog‘i Botir Rahimov va farzandlari bilan Toshkentga qaytib keldi. U joriy yilning 3 oktyabr kuni “Tashkent city” Kongress xolida o‘tkazilgan “Mendirman Jaloliddin” seriali taqdimot marosimida ko‘rinish berdi.
Diyora Usmonova marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizlari Saida va Shahnoza Mirziyoyevalar bilan bir stolda o‘tirdi.

Diyora Usmonova turmush o‘rtog‘i bilan 2016 yildan buyon mohojirotda qolayotgan edi. U MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan Botir Rahimov bilan turmush qurgach, oila mamlakatni tark etdi. Ular bugungacha Moskva va Istanbul shaharlarida istiqomat qildi.
Diyora Usmonova o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning sobiq kelini. Uning Bobur Usmonov bilan turmushidan bir nafar qizi bor.

Botir Rahimov va Diyora Usmonova 2017 yilning iyul oyida o‘g‘il farzandli bo‘lishgandi. Unga Ikromjon ismi qo‘yilgan.
Diyora Usmonova bir necha yil avval “Bibiona Couture” bolalar liboslari brendiga asos solgan.
Ma’lumot o‘rnida, Diyora Usmonova mamlakat birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025