Diogu Jota avariyada halok bo‘ldi – OAV

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi, Angliyaning “Liverpul” jamoasi a’zosi Diogu Jota bugun, 3 iyul kuni ertalab 28 yoshida Ispaniyaning Samora viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasida vafot etdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, baxtsiz hodisa A-52 trassasining 65-chaqirimida, Palasos-de-Sanabriya munitsipaliteti yaqinida sodir bo‘lgan. Jota o‘zining 26 yoshli ukasi Andre bilan birga harakatlanayotgan avtomobil yo‘ldan chiqib ketgan va yong‘in kelib chiqqan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi joriy yilning 22 iyun kuni turmush qurgan.

Ma’lumot uchun, Jota “Liverpul”ga 2020 yili “Vulverxempton”dan 44,7 million yevro evaziga o‘tgan. U Mersisayd jamoasi bilan Angliya chempionati va Kubogini, shuningdek, ikki marta Angliya liga kubogini qo‘lga kiritgan. U shuningdek, Portugaliyaning “Portu” va Ispaniyaning “Atletiko” jamoalarida ham to‘p surgan. Portugaliya terma jamoasi safida Jota 49 ta o‘yinda ishtirok etgan va 14 ta gol urgan. U ikki bor Millatlar ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Diogu Jota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing