Jotaning o‘g‘illari APL uchrashuvida maydonga chiqadi
Sport
−
14:40 906 1 daqiqa
Angliya Premer-ligasining 18-turida bo‘lib o‘tadigan “Liverpul” va “Vulverxempton” o‘yini boshlanishidan oldin, marhum futbolchi Diogu Jotaning ikki o‘g‘li maydonga chiqadi. Bu haqda “The Times” xabar berdi.
Ushbu uchrashuv ertaga, 27 dekabr kuni Liverpul shahrida bo‘lib o‘tadi. Mazkur o‘yin Jota vafotidan beri faoliyatining turli davrlarida o‘ynagan ikki jamoa o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Jota 2020 yildan beri “Liverpul” safida o‘ynab kelgan. U jamoa bilan Angliya Premer-ligasi chempionligi, Angliya Kubogi va ikki marta Liga Kubogini qo‘lga kiritgan. Oldinroq u Portugaliyaning “Porto”, Ispaniyaning “Atletiko Madrid” va Angliyaning “Vulverxempton” jamoalarida maydonga tushgan. Shu bilan birga, Jota Portugaliya terma jamoasi safida 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva joriy yil 3 iyul kuni yo‘l-transport hodisasida vafot etgan edi.
Live
Barchasi