“Chelsi” futbolchilari Jota va Silvaning oilasiga xayriya qildi

Sport

image

“Chelsi” futbolchilari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi pul mukofotlarining bir qismini marhum futbolchilar Diogu Jota va Andre Silvaning oila a’zolariga xayriya qiladi. Bu haqda Britaniyaning “The Athletic” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliyaning “Chelsi” jamoasi Klublar o‘rtasidagi jahon chempionligidan klub byudjetiga taxminan 114 million dollar daromad keltirgan. Keyinchalik “Chelsi” rahbariyati 15,5 million dollar mablag‘ni jamoa bosh murabbiyi va futbolchilar o‘rtasida teng taqsimlash uchun ajratgan. Klub futbolchilari esa birgalikda bu mablag‘ning bir qismini Diogu Jota va Andre Silvaning oilasiga xayriya sifatida berishga qaror qilgan.

Bu tashabbus jamoaning ichki birdamligi va futbolchilar orasidagi insonparvarlik ruhini ko‘rsatadi. "Chelsi" vakillari bu mablag‘lar futbolchilar oilalariga moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash sifatida berilayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot o‘rnida, Diogu Jota va uning ukasi Andre Silva joriy yil 3 iyul kuni yo‘l-transport hodisasida vafot etgan.
Angliya chempionati Diogo Jota va Andre Silvaning xotirasi uchun 1 daqiqalik sukut bilan boshlanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Andre Silva Diogu Jota

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing