Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Haj ziyorati bilan bog‘liq bayonot berdi
Jamiyat
−
10 mart 2021
8226Ijtimoiy tarmoqlarda 2021 yilgi Haj mavsumining tashkil etilishi bilan bog‘liq turli xabarlar tarqalmoqda. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur masala yuzasidan bayonot berdi.
Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga fuqarolar tomonidan mazkur masalaga oydinlik kiritish bo‘yicha murojaatlar bo‘lmoqda.
“Shuni ma’lum qilamizki, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita Saudiya Arabistoni rasmiylari hamda Haj va Umra ishlari bo‘yicha Attashe bilan mazkur masalada muntazam aloqa o‘rnatgan”, deyiladi xabarda.
Shundan kelib chiqib, quyidagilar ma’lum qilingan:
Birinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda “Muqaddas Xaj Safariga rasman ruxsat berildi. Faqatgina xaj safariga bormoqchi bo‘lganlar koronavirusga vaksina qabul qilgan bo‘lishlari shart” va boshqa shu kabi sarlavhalar ostida tarqatilayotgan xabarlar hech qanday rasmiy asosga ega emas.
Ikkinchidan, bu kabi xabarlarning tarqalishi va turlicha talqin qilinishi – Saudiya Arabistoni Sog‘liqni saqlash vazirining “Haj mavsumi ziyoratchilarini qabul qilishning asosiy sharti – “COVID-19” ga qarshi emlangani bo‘ladi”, mazmunidagi intervyusiga asoslangan.
Uchinchidan, Haj va Umra tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan hozirga qadar hech qanday rasmiy qaror e’lon qilinmagan.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni xorijliklarning Haj va Umra ziyoratini amalga oshirishi uchun asosiy shartini e’lon qilgandi.
LiveBarchasi