Yangi tashkil etilgan Geologiya fanlari universiteti uchun kvota ajratildi

Jamiyat

image

Geologiya fanlari universitetining 2020/2021 o‘quv yilida davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, universitetga jami 240 ta o‘rin ajratildi:

•    Bakalavriat – 200 ta; 
•    Magistratura – 40 ta.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining “Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan mamlakatda geologiya sohasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot va amaliyot integratsiyasiga ixtisoslashgan, Davlat geologiya qo‘mitasi ta’sischiligida davlat muassasasi shaklidagi Geologiya fanlari universiteti tashkil etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

imtihon kvota Geologiya fanlari universiteti

Baholaganlar

322

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing