Diqqat! Magistraturaga qabul boshlandi

Jamiyat

image
Rasman: Magistraturaga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi north_east

Rasman: Magistraturaga kirish imtihonlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Bugun, 1 iyuldan Respublika oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi PQ-4749-son qaroriga muvofiq 2020/2021 o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Hujjat topshirish uchun quyidagi ma’lumotlar kerak bo‘ladi:

•    Pasport ma’lumotlari to‘ldiriladi. Bunda abituriyent JSHSHIR raqamini hamda pasport seriyasi va raqami;

•    Doimiy yashash manzili;

•    Bakalavrda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari;

•    Diplomning rasmi hamda baholar qayd etilgan ilovaning skaner varianti;

•    Agar abituriyent imtiyozlarga ega bo‘lsa, ya’ni chet tilini bilish sertifikati, olimpiadalar g‘olibligi, Prezident yoki nomli stipendiya sohibi ekanligi va h.k.larni tasdiqlovchi hujjatlar;

Eslatib o‘tamiz, magistraturaga qabul Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan koronavirus pandemiyasi sharoitidan kelib chiqib, on-layn test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish sinovlari tarkibiga (xususan, mutaxassislik fanlari bo‘yicha kirish sinovlari tarkibiga) tegishli mutaxassisliklar sohalarida talabgorlarni ilmiy-pedagogik layoqati (yoki ilm olish qobiliyati)ni aniqlash bo‘yicha test savollari ham kiritiladi.


Maqola muallifi

Teglar

magistratura

Baholaganlar

135

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing