Diqqat! FVV tog‘ga chiqishni reja qilgan fuqarolarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari tog‘li rayonlarga borishni rejalashtirgan fuqarolarni ogohlantirdi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi “Chimyon” tog‘li zonasida 15yanvar soat 8:00 dan 16 yanvar soat 8:00 gachach qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 15 yanvar kunduz kuni O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan quruq va nam havo massasi, shuningdek, Volgabo‘yi hududlaridan nisbatan sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda.

Respublika hududlari bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliqni tashkil etadi. 

Poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 12-14° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2-7° iliq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Chimyon FVV

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing