Diqqat! Bugun poytaxtda chang-to‘zon ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Bugun, 23 iyul kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun kunduzi tog‘li hududlarning ba’zi joylarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Poytaxtda shamol tezligi 10–12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet joriy yilning 23–24 iyul kunlari Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing