Diqqat! Bugun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 22 iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni bo‘lib, soat 23:59 da abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

“Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so‘nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro‘yxatdan o‘tishlarini hamda ta’lim yo‘nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini tavsiya qilamiz”, deyiladi DTM xabarida.

Avvalroq, abituriyentlar joriy yilda eng ko‘p qaysi OTMni tanlayotgani va kirish imtihonlarini o‘tkazish uchun qancha mablag‘ sarflanishi haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

OTM DTM Abiturient Onlayn ro'yxatdan o'tish

Baholaganlar

127

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing