Diqqat! AQSH elchixonasi Green Card yutganlarni ogohlantirdi

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasi Green Card’da g‘olib bo‘lgan murojaatchilarni soxta hujjatlarni taqdim etmaslikka chaqirdi. Bu haqda elchixonaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Elchixona ma’muriyatiga ko‘ra, agarda Diversity Visa (Green Card) g‘oliblari viza suhbati vaqtida soxta hujjatlarni taqdim etsa, viza uchun bir umrlik cheklov olishga sabab bo‘lishi mumkin.

“O‘zingizni viza uchun bir umrlik rad etilish xavfi ostida qoldirmang. Viza olish uchun murojaat vaqtida, soxta hujjat yoki yolg‘on ma’lumot taqdim etishni tavsiya qilayotgan uchinchi shaxslarga ishonib qolmang”, deyiladi elchixona xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqarolari Amerika Qo‘shma Shtatlari vizasini rad etish foizi yuqoriroq bo‘lganlar safida ekanligi ma’lum bo‘lgandi. Xususan, 2022 yilda o‘zbekistonliklarning 47 foizi AQSH vizasini qo‘lga kirita olmagan.


Maqola muallifi

Teglar

ogohlantirish AQSh elchixonasi Green Card

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing