Diqqat, abituriyentlar! DTM saytida uzilishlar kuzatilyapti

Jamiyat

image

Avvalroq, bugun, 22 avgustdan abituriyentlar ruxsatnomasini berish boshlangani haqida xabar bergan edik. Abituriyentlar ruxsatnomasini abitur.dtm.uz saytidan yuklab olishi kerak edi.

Ammo mazkur sayt faoliyatida qator uzilishlar yuz berishni boshladi. Saytdagi uzilishlar yuzasidan Davlat test markazi holat yuzasidan tushuntirish berdi.

Ma’lum qilinishicha, internet tarmog‘ida yuz berayotgan uzilishlar DTMning rasmiy veb-saytiga kirishda murakkablik tug‘dirmoqda va abituriyentlar ruxsatnomalarini yuklab olish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur holat abitur.dtm.uz saytiga kirayotgan abituriyentlar sonining ko‘pligiga bog‘liq emas. Internet tarmog‘i uzluksiz ishlagan taqdirda qancha abituriyent murojaat qilishidan qat’i nazar, abitur.dtm.uz sayti orqali ruxsatnomalarini yuklab imkoniyati mavjud.

“Ayni paytda mutaxassislar tomonidan internet tarmog‘idagi uzilishlar sabablarini aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha zaruriy ishlar olib borilmoqda. Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi markaz xabarida.

Ma’lumot uchun, bu yil imtihonlar ochiq stadionlarda 2 smenada o‘tkaziladi. Abituriyentlar 2 ta asosiy fanday test topshiradi.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

DTM Abiturient

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing