Dibala Ronalduning rekordini yangiladi

Sport

image

Argentina terma jamoasi va  “Roma” klubi futbolchisi Paulo Dibala Rim klubiga o‘tganining birinchi kunidayoq o‘z nomi yozilgan futbolkalarning sotilishi bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Bu haqda “Corriere dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Italiyada futbolkalar savdosi bo‘yicha, so‘nggi rekordchi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu bo‘lgan. U ham “Yuventus”ga kelgan kuni rekord miqdorda futbolka sotilishiga sababchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Ronalduning “Yuve”ga o‘tgan birinchi kunida 500 000 dona futbolka sotilgan. “Roma” muxlislari esa Dibala transferining birinchi kunidayoq hujumchining ismi tushirilgan 530 000 ta futbolka xarid qilgan. 

Ma’lumot uchun, Paulo Dibala Rim klubiga erkin agent sifatida qo‘shildi. U “bo‘rilar” bilan uch yillik bitim tuzgan. Argentinalik futbolchi “Yuventus” dagi faoliyati davomida 293 ta o‘yinda maydonga tushib, 115 ta gol urgan va 48 ta golli uzatma amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Paulo Dibala “Roma”

Baholaganlar

391

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing