Dibala faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin

Sport

image

Italiyaning “Roma” klubi futbolchisi Paulo Dibala faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Corriere dello Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, argentinalik 29 yoshli futbolchiga Angliyaning “Chelsi”, “Tottenxem” va “Manchester Yunayted” klublari qiziqish bildirmoqda. Xususan, “Chelsi” Dibala uchun 12 million yevro to‘lashga tayyor ekanini ma’lum qilgan.

Biroq Dibalaning o‘zi “Roma”da qolish istagida va endi hammasi uning klub bosh murabbiyi Joze Mourino bilan bo‘ladigan uchrashuvidagi so‘nggi xulosasiga bog‘liq. Futbolchining qolishi uchun Rim klubi katta ehtimol bilan uning maoshini qisman oshirishi kerak bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” internet portalida Paulo Dibalaning transfer narxi 30 million yevro etib belgilangan. Uning “Roma” bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Futbolchi 2022/2023 yilgi mavsumda “bo‘rilar” safida 25 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Roma Paulo Dibala Tottenxem

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing