Devis “Real”ga o‘tmaydi

Sport

image

Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachi Alfonso Devis bilan shartnomasini uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda “Sky Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kanadalik futbolchi va Myunxen klubi 2030 yilgacha bo‘lgan shartnoma imzolash arafasida. Klub futbolchining maoshini oshirishga qaror qildi va yiliga 15 million yevro to‘lashga tayyor. Yaqin kunlarda rasmiy yangilik e’lon qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, Devis va “Bavariya” maosh borasida kelisha olmayotgani sabab futbolchi jamoadan ketmoqchi. Alfonso jamoa tarkibiga 2019 yilda kelib qo‘shilgan va amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan. 24 yoshli himoyachining narxi “Transfermarkt” portalida 50 million yevroga baholangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Real” Devisni sotib olish borasida navbatdagi muzokarani boshlagani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Bavariya Al'fonso Devis

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing