Deputatlar “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qildi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2022
7881Kecha, 25 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilindi hamda Senatga yuborildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov ma’lum qildi.
“Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bilan davlat xizmatchilariga taxmin qilinayotgan manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi majburiy etib belgilanmoqda.
Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuviga oid talablarni buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Mazkur Qonunlarning qabul qilinishi davlat idoralarining korrupsiyaning oldini olish va korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha mas’uliyati oshirilishiga, ijtimoiy-iqtisodiy, fuqaroviy munosabatlarda korrupsiyaviy omillarning kamayishiga, davlat xizmatida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug‘chilikning oldini olishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Burhonovning ta’kidlashicha, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarda davlat xizmatida minglab manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yganlik holatlari aniqlangan. Biroq, hozirgacha manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishning huquqiy asosi yoki unga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik belgilanmaganligi sababli ularni bartaraf etishda qiyinchiliklar mavjud edi.
LiveBarchasi