Prezident Administratsiyasidan tuman hokimligigacha. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qaysi organlarga tatbiq etiladi?
Jamiyat
−
12 noyabr
5919“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonuni:
- davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga;
- davlat muassasalariga, davlat unitar korxonalariga, davlat maqsadli jamg‘armalariga;
- davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlariga tatbiq etilishi belgilangan.
“Davlat rahbarining PQ-210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun ijrosini tashkil etish ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika idoralararo komissiyasi tomonidan qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlarining aniq ro‘yxati tasdiqlandi”, deyiladi xabarda.
Bildirilishicha, davlat organlari va tashkilotlari qonunchilikka muvofiq qayta tashkil etilgan, nomi o‘zgargan yoki yangidan tashkil qilingan taqdirda, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib boriladi.
Quyida to‘liq ro‘yxat bilan tanishish mumkin:
Ma’lumot uchun, mazkur qonun 2022 yilning oktyabr oyida deputatlar tomonidan ma’qullanib, Oliy Majlis Senatiga, 1 iyun kuni Senat tomonidan Prezidentga imzolash uchun yuborilgan, oradan naqd bir yil o‘tib, 2024 yilning 5 iyun kuni qonun Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun joriy yilning dekabr oyidan boshlab kuchga kiradi.
LiveBarchasi