O‘zbekistonda IMEI-kodlarini klonlash uchun javobgarlik belgilandi

Jamiyat

image

Kecha, 19 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Oliy Majlis quyi palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda ayrim huquqbuzarlar tomonidan xorijdan olib kelinayotgan yoki bloklangan uyali aloqa qurilmalariga kam haq evaziga o‘zgalarning IMEI-kodlarini ko‘chirib berish holatlari ko‘payib bormoqda. Bu esa fuqarolarning huquqlariga zarar yetkazib, mobil telefon o‘g‘irligi, shuningdek, mobil telefonlarni qo‘lga kiritish maqsadida bosqinchilik, talonchilik va boshqa og‘ir turdagi ayrim jinoyatlar sonining oshishiga hamda ularning aksariyati fosh etilmasdan qolishiga sabab bo‘lyapti.

Mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasining shu yil 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, konseptual jihatdan qabul qilingan edi. Loyihani ikkinchi o‘qishga tayyorlash jarayonida mas’ul qo‘mita tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda seminarlar, davra suhbatlari o‘tkazilgan. Ularda deputatlar, ekspertlar, huquqshunoslar tomonidan berilgan barcha takliflar, fikr-mulohazalar chuqur tahlil qilinib, ularning aksariyati loyiha matnida aks ettirilgan holda qonun loyihasi maromiga yetkazilgan.

Deputatlarga ko‘ra, qonun loyihasining qabul qilinishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning oldini olishga, javobgarlikning muqarrarligini va fuqarolar xavfsizligi ta’minlanishiga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Qonunchilik palatasi IMEI-kodlari noqonuniy mayning

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing