Deputat Adaxan Madumarov hibsga olindi (video)
Olam
−
02 Sentabr 2023
23697Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining maxsus otryadi “Butun Qirg‘iziston” parlament fraksiyasi yetakchisi, Jo‘gorku Keneshi deputati Adaxan Madumarovni hibsga oldi. Bu haqda “Sputnik Kirgizstan” nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Adaxan Madumarov o‘g‘li bilan Bishkek ko‘chalaridan birida yurgan vaqti xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan va ehtiyot chorasi sifatida Bishkek tuman sudiga olib ketilgan.
Bildirilishicha, hozirgi paytda parlament a’zosi Ichki ishlar vazirligining tergov boshqarmasida, ammo hibsga olishning sababi ochiqlanmagan.
Madumarovning safdoshi deputat Gulya Qo‘joqulovaning so‘zlariga ko‘ra, uning himoyasiga davlat tomonidan advokat biriktirilgan.
Ma’lumot uchun, 22 iyun kuni Jo‘gorku Kenesh Adaxan Madumarovni 2009 yilda xavfsizlik Kengashi kotibi bo‘lganida Qirg‘iziston-tojik chegarasidagi tort-Kocho uchastkasiga oid bayonnomani imzolashda xizmat vakolatini suiistemol qilgani to‘g‘risidagi ish bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning jiyani Ulan Japarov Bishkek shahar birinchi instansiya sudining qarori bilan qamoqda qoladigan bo‘ldi.
LiveBarchasi