Deport qilingan Jokovich Serbiyaga jo‘nab ketdi
Sport
−
17 yanvar 2022
2704Dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Belgradga (Serbiya) uchib ketdi. Bu haqda “Telegraph” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, sportchi Dubayga (BAA) yetib borgan va ushbu shahar orqali Serbiyaga yetib boradi.
Novak Avstraliya rasmiylarining qaroriga sud orqali e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi, biroq bunga erisha olmadi. Jokovich sudda yutqazganligi sababli, advokatlik xarajatlarini to‘lashi kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Avstraliya hukumatining serbiyalik tennischiga da’volari koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy imtiyozi bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari serbiyalik tennischining koronavirusga qarshi emlanmaslikka ruxsat beruvchi tibbiy imtiyozi sabab o‘z homiylari bilan ham munosabatlari yomonlashdi.
Ma’lumot uchun, Avstraliya ochiq chempionatining to‘qqiz karra chempioni Jokovich allaqachon turnir kortlarida shug‘ullanishga muvaffaq bo‘lgan va birinchi raqam ostida saralangan edi. Qur’a natijalariga ko‘ra, birinchi davrada hamyurti Miomir Kecmanovich bilan o‘ynashi kerak bo‘lgan. Avstraliya ochiq chempionati bugun, 17 yanvar kuni boshlandi.
Endi asosiy to‘r bahslarida Jokovichning o‘rnini musobaqada ishtirok etmayotgan italiyalik Salvatore Karuso egalladi. Ayni paytda u ATP reytingida 150-o‘rinni egallab turibdi.
LiveBarchasi