Denovdagi voqea hammaning ko‘zini ochishi kerak – Prezident

Jamiyat

image

Bugun, 14 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan hafta Denovda bo‘lgan portlashga e’tibor qaratib, bu voqeadan hamma ko‘zini ochishi kerakligini ta’kidladi. 

“Denovdagi bo‘lgan noxush voqea hammaning ko‘zini ochishi kerak.

Har bir hokim, prokuror, ichki ishlar, Milliy gvardiya, favqulodda vaziyatlar va qurilish, sanoat xavfsizligi boshqarmalari rahbarlari o‘z hududida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, texnik standartlarga amalga qilish, pala-partish qurilishlarga yo‘l qo‘ymaslik, yerosti tarmoqlar hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat tizimini o‘rnatishi shart”, degan davlat rahbari.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi oldiga bir oy muddatda xatlov o‘tkazib, natijasi bo‘yicha qaror qabul qilish vazifasi qo‘yilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, portlash 7 dekabr kuni soat 03:57da Denov shahri Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli “Indenim” savdo majmuasi binosida sodir bo‘lgan. Portlash natijasida savdo majmuasi binosi devorlari qulab tushgan.

Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari soat 04:02 da voqea joyiga yetib borib, chaqnash natijasida sodir bo‘lgan yong‘inni soat 04:25 da o‘chirgan.

Hodisa joyiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligidagi Hukumat komissiyasi safarbar etilgan.

Hukumat komissiyasi tarkibiga IIV, FVV, Milliy Gvardiya, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.

Voqeada 9 kishi jarohatlandi. Vayronalar ostidan ikki kishining jasadi topilgan.

Savdo majmuasida yuzaga kelgan portlash bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 259 (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Denov

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing