Denis Istomin AQSHdagi turnirning finaligacha yetib bordi

Sport

image

Tennis bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Denis Istomin ayni paytda AQSHdagi qator musobaqalarda ishtirok etmoqda. Kecha, 1 mart kuni Istomin Kolambus shahrida nihoyasiga yetgan “Chellenjer” turniri finalida kortga chiqdi.

Istomin hal qiluvchi bahsda amerikalik Jeffri Folfga qarshi kurash olib bordi va 4:6, 2:6 hisoblarida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu natija O‘zbekistonga jahon reyting uchun 48 ochko va 4,240 AQSH dollar pul mukofotini taqdim qildi.

Denis Istomin endi AQSH termasiga qarshi Devis kubogining saralash bosqichida qatnashishi kutilmoqda. Terma jamoalar qarama-qarshiligi 6 mart kuni start oladi.

Jahongir Sotvoldiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Denis Istomin

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing