O‘zbek tennisi afsonasi Denis Istomin faoliyatini yakunladi
Sport
−
03 fevral
7650O‘zbekistonlik 37 yoshli tennischi, Jakarta-2018 Osiyo o‘yinlari g‘olibi va bir qator nufuzli turnirlar ishtirokchisi Denis Istomin tennis bilan xayrlashdi.
Ayni kunlarda Toshkent shahridagi “Humo arena”da tennis bo‘yicha Devis kubogi bahslari o‘tkazilmoqda. Kun dasturidagi o‘yinlardan so‘ng, Denis Istomin bilan xayrlashuv marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Istomin ko‘z yoshlarini tiya olmadi.
Ma’lumot uchun, Denis Istomin 4 marta Osiyo o‘yinlarida qatnashib, barchasida sovrindor bo‘lgan. Ko‘p marta “Katta dubulg‘a” turnirlarida ishtirok etgan. Yakkalik bahslarda 2 marta sovrin qo‘lga kiritgan. 2012 yilda ATP reytingidagi eng yaxshi natijasini qayd etib, 33-o‘ringa ko‘tarilgan.