“Demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir” – Mirziyoyev
Jamiyat
−
24 yanvar 2020
3677Xabaringiz bor, bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga murojaatnoma yo‘llayapti.
Prezident murojaati avvalida 2019 yilda amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Jamiyat islohotlarning asosiy tashabbuskori ekani va demokratiya O‘zbekiston uchun yagona yo‘l ekani ta’kidlandi.
“Barcha deputat va senatorlarga, ularning timsolida butun O‘zbekicton xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman, demokratik islohotlar yo‘li biz uchun yakkayu yagona va eng to‘g‘ri yo‘ldir” , dedi Mirziyoyev.
Prezident 2019 yildagi ishlarga tanqidiy yondashib, o‘z mulohazalarini bildirdi.
“Barcha darajadagi rahbarlar erishilgan dastlabki ijobiy ko‘rsatkichlarga mahliyo bo‘lib, xotirjamlikka aslo berilmasligi kerak. Yangi parlament va Hukumatning kelgusi 5 yilda pirovard maqsadi O‘zbekistonda yashayotgan ko‘pmillatli xalqimizning hayotini yuksaltirishdan iborat bo‘lishi shart”, dedi Prezident.
LiveBarchasi
26 noyabr