“Delta plyus” — Hindistonda koronavirusning yangi shtammi aniqlandi
Olam
−
21 iyun 2021
5848Hindistonning Maxarashtra shtatida koronavirus infeksiyasining “delta plyus” (B.1.617.2.1) deb nomlangan yangi turi bo‘yicha 20 ta holat aniqlandi. Bu haqda Tibbiy ta’lim va tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i, doktor T. P. Laxan “India TV” telekanaliga ma’lum qildi.
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, B.1.617 koronavirus shtammi Hindistonning Maxarashtra shtatida o‘tgan yilning 5 oktyabrida qayd etilgan. Oxirgi vaqtlarda u ko‘plab mamlakatlarda aniqlangan.
“Biz “delta plyus”ni Navi Mumbay, Palgar va Ratnagirida aniqladik. Shundan so‘ng tahlil uchun ko‘plab namunalar yubordik va hozirda hisobotlarni kutmoqdamiz”, degan Lahan.
Bundan avval ushbu shtammning uchta kichik turi — B.1.617.1, B.1.617.2 va B.1.617.3 kashf etilgan bo‘lib, yangi turi boshoq oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi. Qayd etilishicha, Ratnagiri port shahrida yangi shtammni yuqtirishning beshta holati qayd etilgan, yuqtirganlarning ikkitasida hech qanday simptomlar bo‘lmagan.
Avvalroq, Hindistonning Induar shahrida koronavirusga chalingan bemorda zamburug‘ kasalligi — “yashil mog‘or” aniqlangani haqida xabar bergandik.
Hindistonda, shuningdek, “oq mog‘or”, “qora mog‘or” va “sariq mog‘or” tarqalishi qayd etilgan.
LiveBarchasi