Kurs UZS

USD

12 973.31

12.93

EUR

14 329.02

176.29

RUB

151.19

-0.73

De Bryuyne faoliyatini qayerda davom ettiradi?

Sport

image

Saudiya Arabistoni chempionati klublari “Manchester Siti”ning hujumkor yarim himoyachisi Kevin De Bryuynega alohida qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Give me Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchiga mamlakat ikkinchi diviziondan “Al-Qodisiya” va “Neom” klublari qiziqish bildirmoqda. Unga Yevropadan ham takliflar kelib tushdi. Shuningdek, Amerikaning bir qator klublari De Bryuyne xizmatlariga befarq emas.

Belgiyalik futbolchining o‘zi esa Saudiya Arabiston chempionatiga o‘tishdan ko‘ra MLSga o‘tishni afzal ko‘rmoqda.

Qayd etish joiz, De Bryuyne mavsum oxirida “Manchester Siti”ni tark etadi. U joriy mavsumda 30 ta o‘yinda 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing