De Bryuyne faoliyatini Ispaniya grandida davom ettirmoqchi

Sport

image

“Manchester Siti”ning 33 yoshli yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne ingliz klubini tark etishga qaror qildi. Bu haqda “El Gol Digital” xabar berdi.

Belgiyalik superyulduzning shartnoma muddati tugadi va u jamoasini o‘zgartirmoqchi. De Bryuyne Saudiya klublarida katta qiziqish uyg‘otmoqda, biroq futbolchining o‘zi Yevropada qolishni istamoqda. “Barselona” bundan unumli foydalanishga tayyor va unga 2025 yilning yozida shartnoma taklif qiladi. De Bryuynening o‘zi ham Xans-Diter Flik boshchiligidagi jamoada o‘ynashdan manfaatdor.

De Bryuyne joriy mavsumda 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Man Siti” 16 yillik antirekordini takrorlagani xabar qilingandi.

“Shaharliklar” 2008 yilning avgustidan beri Premer-ligada birinchi marta ketma-ket 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Manchester Siti Kevin De Bryuyne

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing