Dehqonobodga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 fevral kuni xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Sherzod O‘tkirovich Shokirov Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan sessiyada deputatlar Shokirov nomzodini tuman hokimligiga tasdiqlagan.
Tayinlovga qadar u Ko‘kdala tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun, Sherzod Shokirov 1982 yilda Koson tumanida tug‘ilgan. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Dehqonobodga 4 oydan beri rahbarlik qilib kelgan Akrom Sulaymonov lavozimidan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov hokim Dehqonobod Sherzod Shokirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing