Dehqon bozorlaridagi narx-navo e’lon qilindi

Bu qiziq 5250
image

O‘zbekistondagi dehqon bozorlarida ayrim turdagi oziq-ovqat masuhlotlari narxlari o‘rganildi. Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning 27 oktyabr kuni hududlardagi markaziy deqhon bozorlarida o‘tkazilgan kuzatuv natijalarini e’lon qildi.

Suyakli mol go‘shti 45 000 so‘mdan 60 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, 1 kg. suyakli mol go‘shtining minimal narxi, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Qo‘yliq dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan go‘sht rastalarida qayd etilgan (45 000 so‘m).

Suyakli mol go‘shtining maksimal narxi esa, Nukus sh. “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax sh. “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy sh. “Saxovat” bozori, Samarqand sh. “Siyob dehqon bozori”, “Temiryo‘l dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”, Yangiyo‘l sh. “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Urganch sh. “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent sh. “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 so‘m).

Qo‘y go‘shti 45 000 so‘mdan 75 000 so‘mgacha (kg)

Qo‘y go‘shtining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (45 000 so‘m) ro‘yxatga olingan. 

Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (75 000 so‘m) kuzatildi.

Kartoshka 2 500 so‘mdan 6 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, va Toshkent shahrining “Qo‘yliq dehqon bozori”da sotuvdagi yirik bo‘lmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 so‘m) qayd etilgan. 

Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori” da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 so‘m) qayd etildi.

Piyoz 800 so‘mdan 3 500 so‘mgacha (kg)

Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (800 so‘m) ro‘yxatga olindi. 

Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda bo‘lgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 so‘m).

Sabzi 1 000 so‘mdan 5 000 so‘mgacha (kg)

Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga ko‘ra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston sh. “Guliston dehqon bozori”, Farg‘ona sh. “Farg‘ona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000 so‘m) qayd etilgan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 so‘m) qayd etildi.

Tuxum 8 000 so‘mdan 15 000 so‘mgacha (10 dona)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, Namangan sh. “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Urganch sh. “Urganch markaziy dehqon bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (8 000 so‘m). 

Maksimal narxi esa, Toshkent sh. “Oloy dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (15 000 so‘m).

Guruch 5 000 so‘mdan 19 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (“Nukus-2” navli guruch 5 000 so‘m) qayd etilgan.

Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 19 000 so‘m).

O‘simlik yog‘i 11 000 so‘mdan 17 000 so‘mgacha (litr)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, o‘simlik yog‘i mahsulotlarining minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyo‘l shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yog‘i 11 000 so‘m) kuzatildi. Maksimal narxi esa, Yangiyo‘l shahrining “Ixtisoslashgan Yangi-yo‘l shahar dehqon bozori”da va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yog‘i 17 000 so‘m) kuzatildi.

Shakar 5 800 so‘mdan 8 000 so‘mgacha (kg)

Kuzatuv natijasiga ko‘ra, shakar mahsulotining minimal narxi Toshkent shahrining “Eski jo‘va dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qo‘yliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 800 so‘m) qayd etildi. Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (8 000 so‘m) kuzatildi.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 77
Reyting: 3
Teglar
t
×