Ertaga xalqaro ahamiyatdagi yo‘lning bir qismi vaqtincha yopiladi
Jamiyat
−
06 avgust 2019
5796Ertaga, 7 avgust kuni harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatga ega M39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi.
7 avgust kuni soat 14:30 dan 15:00 ga qadar Markaziy harbiy okrug hududidagi Kuch ishlatar tuzilmalar hamkorligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan harbiy o‘quv mashg‘ulotlar tufayli halqaro ahamiyatdagi M39 “Almati–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lidagi Zarafshon daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda avtomobil harakatlari vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Uzunligi 160 metr, qatnov qismi esa 10 metrdan iborat bo‘lgan ushbu ko‘prik ustunlarini noqonuniy qurollangan shaxslar tomonidan o‘rnatilgan uzoq masofadan boshqariluvchi minadan tozalash ishlari hamda qurolli kishilarni qo‘lga olish tadbiri tezkor va maxsus bo‘linmalar hamkorligida amalga oshiriladi.
“Shu munosabat bilan Samarqand-Toshkent va qayta yo‘nalishda harakatlanayotgan yengil avtomobil va yuk mashinalari hamda fuqarolardan oldindan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi