Zarafshon daryosidan baliq ovlaganlar tabiatga 130 mln so‘m zarar yetkazdi

3-sahifa

image

Zarafshon daryosida noqonuniy baliq ovlaganlar tabiatga 130 million so‘mdan ortiq zarar yetkazdi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni mhuhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi, Paxtachi tuman Ekologiya bo‘limi hamda tuman IIB tomonidan navbatdagi tungi nazorat reyd tadbiri o‘tkazilgan.

Reyd davomida tuman hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon daryosida 4 nafar fuqaro tomonidan noqonuniy tarzda baliq ovlanib, transport vositasiga yuklanayotgani ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarlar to‘qay ichiga yashirinishga uringanida inspektorlar tomonidan ushlangan. 

Holat yuzasidan daliliy ashyolar: 105 bosh 6 turdagi baliq, ov qurollari va 2 ta rezina qayiq olib qo‘yilgan. Transport vositasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan.

“Qolaversa, huquqbuzarlarga tabiatga 130 million 149 ming so‘m zarar yetkazilganligi hisoblangan. Hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 37 dona baliq ovlaganlar hayvonot dunyosiga 350 mln so‘m zarar yetkazgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Zarafshon daryosi baliq ovi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing